Joriy yilning 31-oktabr va 1-noyabr kunlari Buxoro viloyati Qorako‘l va Romitan tumanlarida “Mikrokreditbank” ATB Boshqaruv raisi o‘rinbosari I.Mamadjanov rahbarligida hududdagi aholi va tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda hududdagi aholi bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, kichik biznes subyektlarini qo‘llab-quvvatlash va aholining daromadlarini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Jumladan, Qorako‘l tumanida 20 dan ortiq, Romitan tumanida esa 30 ga yaqin murojaatlar qabul qilinib, ularning aksariyati joyida hal etildi.

Tadbir davomida I.Mamadjanov hududdagi kichik sanoat zonalari va mahallalardagi loyihalar bilan tanishib, aholining tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli xodimlarga ko‘rsatmalar berdi.


Mikrokreditbank rahbariyati ishtirokidagi bu kabi tadbirlar boshqa hududlarda ham davom ettirilmoqda.
Bank Axborot xizmati