24-oktabr “Mikrokreditbank” ATB tashabbusi bilan navbatdagi “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hokimligida bo‘lib o‘tdi.

2 (208).png

Tadbirda Boshqaruv raisi o‘rinbosari A.Mustafayev, Kichik biznes departamenti direktori F.G‘aybullayev, Yoshlar ishlari agentligi Jizzax viloyat boshqarmasi boshlig‘i M.Raxmonberdiyev va tadbirkor yoshlar, mahalla yoshlari ishtirok etdi.

13 (23).png

Uchrashuvda 200 nafarga yaqin yoshlar, jumladan, texnikum talabalari faol qatnashdi. Ular bilan moliyaviy savodxonlik, tadbirkorlikni boshlash va bandlikni ta’minlash mavzularida ochiq suhbat o‘tkazildi. 

7 (115).png

Shuningdek, mahallalardagi “Og‘ir toifadagi” yoshlarning bandligi, ularni ijtimoiy hayotga faol jalb etish masalalari yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi va ularga tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishda yordam berish borasida fikr almashildi.

3 (206).png

Uchrashuvda Boshqaruv raisi o‘rinbosari A.Mustafayev korrupsiyaning jamiyat va iqtisodiyotga salbiy taʼsiri hamda unga qarshi kurashish boʻyicha bankda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham batafsil maʼlumot berib o‘tdi.

Tadbir so‘ngida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olish bilan birga loyihalari bo‘yicha ham fikr almashdi va mas’ullarga ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha topshiriqlar berildi. 

5 (176).png

Albatta, bugungi uchrashuv yoshlar uchun nafaqat muloqot maydoni, balki yangi bilim va ilhom manbaiga aylandi!

Bank Axborot xizmati