Bankda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xodimlar o‘rtasida do‘stona muhitni mustahkamlash hamda ularning dam olish kunlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida yana sport turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

2.png

Poytaxtimizdagi  “X pro” sport markazida MKBANK xodimlari uchun o‘tkazilgan stol tennisi bo‘yicha “Boshqaruv raisi kubogi – 2025” musobaqasi qiziqarli va shiddatli bellashuvlarga boy o‘tdi.

4.png

Ishtirokchilar o‘z mahoratini namoyish qilib, sport ruhida bahs olib borishdi. Yakunda ayollar va erkaklar orasida g‘oliblar aniqlandi:

Erkaklar o‘rtasida:

1-o‘rin – Qurbonov Anvar Karim o‘g‘li (Risk menejment departamenti)

2-o‘rin – Ergashev Nurbek Xoliqul o‘g‘li (Budjet-kontrolling va iqtisodiy tahlil departamenti)

3-o‘rin – Xolmurodov Shoxruh Isomiddin o‘g‘li (Dasturiy ta’minot va sun’iy intellektni rivojlantirish departamenti)

Ayollar o‘rtasida:

1-o‘rin – Zelensova Olga Gennadevna (Strategiya va raqamli bank xizmatlarini rivojlantirish departamenti)

2-o‘rin – Oxunxo‘jayeva Nigoraxon Shomaxmud qizi (Xaridlar bo‘limi)

3-o‘rin – Baltabayeva Shaxlo Baxtiyar qizi (Contact center boshqarmasi)

3.png

Ko‘pchilik sport turlari qatori stol tennisi ham inson salomatligiga ijobiy ta’sir o‘tkazishini alohida aytishimiz joiz. Ushbu sport turi birinchi navbatda, ko‘z ravshanligini oshiradi, mantiqan fikrlash, xotira va diqqatni charxlaydi, bo‘g‘imlarning harakatchanligi yaxshilanib, kuch, tezlik, chidamlilik va qobiliyatni tarbiyalaydi.

Bank Axborot xizmati