
Mamlakatimizda bank tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va barqarorligini oshirish, mazkur tizimga aholi ishonchini mustahkamlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo'llagan holda ko'rsatilayotgan bank xizmatlarining turi va ko'lamini kengaytirish bo'yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Belgilangan chora-tadbirlar asosida hududlarda Mikrokreditbank aksiyadorlik tijorat banki tomonidan aholi hamda bank mijozlarining moliyaviy savodxonligini oshirish, bank xizmatlari iste'molchilarini sifatli va tezkor bank xizmatlari bilan ta'minlashga, muammolarni bartaraf etishga qaratilgan uchrashuvlar o'tkazilmoqda.
Xususan, joriy yilning may-avgust oylarida bank rahbariyati tomonidan joylarda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
Bunday ochiq muloqotlar nafaqat mavjud muammolarni joyida hal etish, balki bank va tadbirkorlar o‘rtasida ishonchli hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Ushbu uchrashuv o'tkazilish jadvali bilan quyida tanishishingiz mumkin.
Bank Axborot xizmati
Format: pdf

















