
Mamlakatimizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, kichik biznes va xususiy sektorni rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlash va turmush darajasini oshirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Ana shu maqsadda, Samarqand viloyati Paxtachi tumani Sardoba mahallasida “Mikrokreditbank” ATB Boshqaruv raisi o‘rinbosari I.Mamadjanov boshchiligida aholi va tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Unda Prezidentimizning joriy yil 19-martdagi “Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan tadbirkorlar uchun yaratilgan imtiyozlar xususida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, tumandagi tadbirkorlar faoliyatini rivojlantirish, ko'proq ish o'rinlari yaratish, yangi loyihalar uchun kreditlar ajratilishi va imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish masalalari ham muhokama qilindi.
Uchrashuvda 50 dan ortiq fuqarolar qatnashib, 30 dan ortiq murojaatlar eshitildi va qisqa muddatda bajarish bo‘yicha mas’ullar belgilanib, chora-tadbir ishlab chiqildi.
Bank Axborot xizmati