“Mikrokreditbank” ATB xodimlari Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdilar. Ushbu tashrif bank tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda xodimlarning tarixiy merosimizga boʻlgan qiziqishini yuksaltirish maqsadida tashkil etildi.

1.png

Muzeyda xodimlar buyuk sarkarda Amir Temurning hayoti va Temuriylar sulolasi davri madaniyati bilan yaqindan tanishdilar. Marmar bilan bezatilgan devorlar, naqsh va oltin suvi bilan chiroyli qilib ishlangan zallar, 8,5 metr balandlikdagi nurli qandil — bularning barchasi bankimiz xodimlarida katta taassurot qoldirdi.

4.png

6.png

9.png

Amir Temurning davlat boshqaruvi va hayotiy qarashlari har bir sohada ibrat boʻla oladi, xususan “Kuch – adolatda” degan  shiori bank faoliyatida ham oʻziga xos yoʻl-yoʻriq boʻlib xizmat qiladi. Chunki bank tizimida ham adolat, ishonch va masʼuliyat orqali mijozlarga munosib xizmat koʻrsatish asosiy vazifa hisoblanadi. Ushbu sayohat bank xodimlari uchun  maʼnaviy ozuqa bera oldi deb oʻylaymiz.

Bank Axborot xizmati