
Endi Mkbank xizmatlari bo‘yicha kerakli ma'lumotlarni sun'iy intellekt yordamida tez va qulay olishingiz mumkin.
AI yordamchidan quyidagi kanallar orqali foydalaning:
Mavrid mobil ilovasi (onlayn chat)
Telegram: @mavrid_support_bot
AI yordamchi sizga:
Bank mahsulotlari bo‘yicha ma'lumot beradi
✅ Kredit grafiki asosida to'lovlarni hisoblab beradi
✅ Murojaat va takliflaringizni qabul qiladi
✅ Mavrid mobil ilovasi bo‘yicha yordam beradi
✅ Bank rekvizitlari haqida ma'lumot taqdim etadi
✅ Bank ofislari va bankomatlari manzillarini ko‘rsatadi
✅ Bank xizmatlari bo‘yicha savollarga 24/7 javob beradi
⚠️ Shaxsiy ma'lumotlar (hisob raqami, karta ma'lumotlari, kredit holati va boshqa individual ma'lumotlar) bilan bog‘liq xizmatlar hozirda AI tizimiga bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.
Ushbu masalalar bo‘yicha hozircha 1285 qisqa raqami yoki eng yaqin bank ofisiga murojaat qilishingiz mumkin.
Biz AI yordamchini yanada rivojlantirish va yangi imkoniyatlar bilan boyitish ustida ishlamoqdamiz.
Sinab ko‘ring va o‘z fikrlaringiz bilan bo‘lishing!

















