Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
MENING BANKIM
Mavrid

Mikrokreditbank tomonidan aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar

...
Yangilash: ...
Image
Mikrokreditbank tomonidan aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar

(Mahalla bankiri faoliyati misolida)

Joriy yilning 27-iyun kuni “Mikrokreditbank tomonidan aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar” yuzasidan brifing o‘tkaziladi.

Mamlakatimizda aholi turmush darajasini oshirish va kambagʻallikni kamaytirish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biridir. Bu borada Prezidentimizning 2024-yil 16-dekabrdagi videoselektor yigʻilishida banklar oldiga bir qator vazifalar qoʻyildi. Ushbu topshiriqlarni amalga oshirish maqsadida Mikrokreditbank tomonidan maxsus chora-tadbirlar dasturi qabul qilindi.

Bugun sizlarga ushbu dastur doirasida amalga oshirilayotgan asosiy ishlar haqida qisqacha maʼlumot bermoqchimiz.

Birinchi yoʻnalish – mahallabay ishlash tizimi

Prezidentimiz tomonidan berilgan topshiriqdan soʻng, bank tarkibida maxsus departament, hududlarda “mahalla sektori” tashkil etildi. 1 121 ta mahallaga 332 nafar “mahalla bankiri” va har bir mahallarda yordamchi agent biriktirildi. Ular orqali aholi ehtiyojlarini oʻrganish va maqsadli moliyaviy xizmatlarni yetkazish tizimi yoʻlga qoʻyildi.

Ikkinchi yoʻnalish – kreditlash orqali faol qoʻllab-quvvatlash

Joriy yilning oʻtgan davrida bank tomonidan jami 5 trln soʻmdan ortiq kredit ajratildi. Eʼtiborlisi, ushbu mablagʻning 2,1 trln soʻmi bevosita mahallalarga biriktirilgan “Mahalla bankirlari” tomonidan aholi va tadbirkorlarga toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazildi. “Oilaviy tadbirkorlik”, “Biznesga birinchi qadam”, “Mahalla loyihasi” kabi dasturlar bu jarayonning asosiy tayanchiga aylandi.

Uchinchi muhim yoʻnalish – ish oʻrinlari yaratish

Bu borada yanvar-iyun oylarida bank koʻmagida qariyib 183 ming nafar aholi bandligi taʼminlandi, shundan 119 ming nafari tadbirkorlikka jalb etildi. Xususan, 26 mingdan ortiq mikroloyiha amalga oshirilishi natijasida 53 mingga yaqin yangi ish oʻrni yaratildi.

Toʻrtinchi yoʻnalish – bank mijozlari bilan oʻtkazilgan uchrashuvlar

Hisobot davrida bank mijozi boʻlgan 23 ming nafar tadbirkor bilan 1 637 marotaba uchrashuvlar oʻtkazildi. Uchrashuvlarda koʻtarilgan murojaatlarning 7,5 mingdan ortigʻi ijobiy hal qilinishi natijasida 8,5 mingga yaqin yangi ish oʻrni yaratildi.

Keyingi yoʻnalish – turizmni rivojlanitirish

May oyida foydalanishga topshirilgan Xorazm viloyati Xiva shahridagi “Arda Xiva” turistik majmualarida bank tomonidan mehmonxona, savdo majmualari barpo etildi. Loyihalarni amalga oshirish uchun tanlov asosida pudratchi korxonalar jalb etilib, 185 mlrd soʻm investitsiya kirtildi.

 Bugungi kunda “Arda Xiva” loyihasida qurilish ishlari yakuniga yetkazilib,  foydalanishga topshirildi, natijada 300 dan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratildi.

 Shuningdek, Prezidentimizning 2024-yil 29-noyabrdagi PQ-410-sonli qaroriga asosan, Xiva shahridagi “Toʻrt Shovvoz” madaniy meros obyektiga tutash 6,2 gektar yer maydonida Hunarmandlar markazini barpo etish belgilangan. Mazkur loyihani moliyalashtirish maqsadida “MKB Kasana Invest Group” MCHJ ustav kapitaliga yana 435 mlrd. soʻm investitsiya kiritish belgilangan.

Yana bir yoʻnalish – namunaviy loyihalar

Ta’kidlash kerakki, aholiga ijaraga berilgan 1 741 gektar yerda “Bir kontur – bir mahsulot” asosida dehqonchilik uchun 159 ta loyihaga 2,2 mlrd soʻm imtiyozli kreditlar orqali yuqori daromadli, eksportbop mahsulotlar yetishtirilmoqda. Shuningdek, “Super loyiha”lar doirasida “yetishtirish – qayta ishlash – sotish” zanjiri yaratildi.

Albatta, ushbu loyihalar natijasida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmi ortib, aholi daromadi yaxshilanishi kutilmoqda. 

Xulosa sifatida taʼkidlash lozimki, Mikrokreditbank tomonidan yoʻlga qoʻyilayotgan mazkur ishlar aholining faol iqtisodiy hayotga jalb etilishi, daromad manbalarini kengaytirish, bandligini taʼminlashga xizmat qilmoqda.

Bank Axborot xizmati




Yana ko‘ring

13 May 2025

SIRDARYODA BRIFING O‘TKAZILADI

Mikrokreditbank Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan aholi bandligini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha brifing o‘tkaziladi.
13 May 2025

Navbatdagi brifing tashkil etilmoqda

Joriy yilning 13-may kuni “Mikrokreditbank tomonidan aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar” yuzasidan brifing o‘tkazilmoqda.
25 Mart 2025

Toshkent viloyatiga navbatdagi press-tur tashkil etildi

Bugungi kunda mamlakatimizda parrandachilikka katta eʼtibor qaratilmoqda. Chunki aynan parrandachilik aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlanishida asosiy ahamiyat kasb etib, qishloqlarda odamlarning ish bilan band boʻlishiga hissa qoʻshadi.

Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X