
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Sizga, bankning respublika hududidagi bank xizmatlari markazi binolariga (Amaliyot boshqarmasi, Keles, Rishton, Xavos, Urgut va Jarqo‘rg‘on) jami 200 kWt quvvatdagi quyosh panellari yetkazib, o‘rnatib, montaj ishlarini bajarish va to‘liq ishga tushirib berish bo‘yicha taxminiy narxlarni oʻrganish uchun tijorat takliflarni qabul qilishini ma’lum qiladi.
Ushbu boʻyicha ilovadagi texnik topshiriqni oʻrgangan holda oʻz tijorat taklifingizni bildirishingizni soʻraymiz.
Xarid komissiyasi ishchi organining manzili: “Mikrokreditbank” ATB, 100096, Toshkent sh., Mirobod tumani, Amir Temur ko‘chasi 4-uy.
Tel.: (71) 207-46-51 (1281)
Tijorat takliflari 2024-yilning 28-noyabriga qadar qabul qilinadi.
Ilova: 1 varaqda
Format: xlsx














