Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
MENING BANKIM
Mavrid

“Yoshlarning biznesdagi birinchi qadami!”

...
Yangilash: ...
Image

Navoiy viloyatining Nurota tumanida “Mikrokreditbank” ochiq aksiyadorlik tijorat banki tashabbusi bilan “Yoshlarning biznesdagi birinchi qadami!” mavzusida anjuman bo'lib o'tdi. “Bank va kollej hamkorligi” loyihasi doirasida O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Respublika Xotin-qizlar qo'mitasi, O'rta maxsus kasb-hunar ta'lim Markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tadbirda viloyat hokimligi, Kollejlar boshqarmasi, kasb-hunar kollejlari rahbarlari va kollej bitiruvchilari, shuningdek keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Prezidentimiz tashabbusi va 2006 yil 5 maydagi Farmoni asosida faoliyat yuritib kelayotgan “Mikrokreditbank” o'tgan qisqa davr mobaynida ko'plab yurtdoshlarimizning, ayniqsa kasb-hunar kollejlarini bitirib, mehnat bozoriga qadam qo'yayotgan yoshlarimizni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish, ularni moliyaviy qo'llab-quvvatlash barobarida chekka xududlarda ham yangi-yangi ish o'rinlarini tashkil etilishida o'zining munosib hissasini qo'shib kelmoqda.

O'tkazilgan loyihadan ko'zlangan asosiy maqsad ham xududlardagi kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bandligini ta'minlash, yoshlarning innovatsion loyiha va tashabbuslarini iqtisodiyotga joriy etishga qaratilgan. Bu borada Prezidentimizning “Ta'lim muassasalarining bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Farmoni ijrosini yuzasidan “Mikrokreditbank” ochiq aksiyadorlik tijorat banki Respublikamiz viloyat va tumanlaridagi O'rta-mahsus ta'lim markazlari bilan hamkorlikda 2013-2014 o'quv yilida kasb-hunar kollejlarini bitirib chiqayotgan yoshlarni aynan egallagan mutaxassisliklari bo'yicha tadbirkorlik faoliyatlarini yo'lga qo'yishlari uchun biznes-rejalar ishlab chiqish va boshlang'ich sarmoya mikrokreditlari ajratish, provardida esa doimiy ish o'rni yaratish borasida say'-harakatlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Jumladan, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati O'rta maxsus kasb-hunar ta'lim Markazi, Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda yoshlar tadbirkorligini moliyaviy qo'llab-quvvatlash maqsadida “Yosh tadbirkor yurtga madadkor”, “Mening biznes g'oyam” loyihalari amalga oshirilmoqda.

Tadbirda so'zga chiqqanlar yurtimizda yoshlarga oid davlat dasturini amalga oshirish, bu borada tadbirkor yoshlarimiz uchun keng imkoniyatlar ochib berish yuzasidan, xukumatimiz tomonidan olib borilayotgan keng ko'lamdagi islohotlar natijada ularning safi kun sayin kengayib borayotganini e'tirof etdilar.

Darhaqiqat, bugungi kunda kollejlarni bitirib chiqayotgan ko'plab yoshlarimiz tadbirkorlik bilan shug'ullanish niyatida bank filiallariga o'z biznes rejalarini taqdim etmoqdalar. O'z vaqtida yoshlarning istiqbolli loyihalari tanlab olinib, ularni moliyalashtirish ishlari boshlab yuborilgan. Bu borada Prezidentimizning 2014 yil 6 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarorini dasturilamal bo'lmoqda deyish mumkin.

Olib borilayotgan ishlar samarasi o'laroq, bank tomonidan joriy yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga ajratiladigan jami kreditlar 645 mlrd. so'mga, shundan ko'rsatiladigan mikromoliyaviy xizmatlar hajmi 295 mlrd. so'mga etkazilishi ko'zlangan. Jumladan, yil boshidan buyon muassasa tomonidan soha sub'ektlariga jami 249,1 mlrd. so'm miqdorida kreditlar ajratildi. Shundan, imtiyozli mikromoliyaviy xizmatlar miqdori 114,9 milliard so'mga etkazilib, belgilangan prognoz-ko'rsatkich 102 foizga bajarildi. Buning hisobiga 4 ming 608 ta yangi ish o'rni yaratildi.

Ta'kidlash joizki, “Sog'lom bola yili” Davlat dasturi doirasida bank ayniqsa chekka tumanlardagi kasb-hunar kollejlarini bitirib chiqayotgan yoshlarning o'z mutahassisliklari bo'yicha tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yishiga alohida e'tibor qaratmoqda. hususan, yilning o'tgan davri mobaynida yoshlarni qo'llab-quvvatlash maqsadlari uchun 1 ming 584 ta yosh tadbirkorga 10,3 mlrd. so'm miqdorida mikrokreditlar ajratildi. Shuningdek, joylarda xotin-qizlar tadbirkorligiga 29,4 mlrd. so'm miqdorida kreditlar ajratildi.

Tadbir davomida yosh tadbirkorlarning bank kreditlari evaziga yaratgan mahsulotlari ko'rgazmasi namoyish etildi. Shuningdek, o'zining puxta biznes rejalariga ega bo'lgan oilaviy tadbirkorlik sub'ektlariga “Mikrokreditbank” tomonidan imtiyozli sarmoya olishlari uchun maxsus sertifikatlar topshirildi.



Yana ko‘ring

14 Mart 2026

Obod yurtning go‘zal an’anasi hashardir

Navro‘z bayrami arafasida o‘tkazilayotgan ana shunday ezgu tadbirlarda MKBANK jamoasi ham xalqimizning hamjihatligi va bunyodkorlik an’analarini yana bir bor namoyon etdi.
10 Mart 2026

Korrupsiyasiz bank: MKBANKda navbatdagi o‘quv seminari tashkil etildi

Seminar davomida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish bilan birga, bu illatga birgalikda kurashish lozimligini bildirishdi.

6 Mart 2026

MKBANKda bayram shukuhi

Bayram muborak bo’lsin! 
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X