Jadidlar kim bo‘lganini tushunib olish uchun o‘sha davr tarixini juda yaxshi bilish zarur. Jadidchilik XIX asr oxiri – XX asr boshida paydo bo‘ldi. Jadidlar – yoshlar, jadidchilik - yoshlar harakati edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, mashhur jadid va yoshlarning sevimli yozuvchisi Cho‘lpon 1910-yilda 13 yoshda, Behbudiyning yoshi esa 30 dan oshiqroq bo‘lgan ekan.

photo_5368681065729876987_w.png

Jadidchilikning o‘ziga xosligi nimada? Eng avvalo, ularning aql-zakovati favqulodda yuksak rivojlangan, ham Sharq, ham G‘arb madaniyati haqida muayyan bilimga ega bo‘lgan. Deyarli barchasi oliy diniy ta’lim olib, Navoiy, Jomiy, Fuzuliy she’riyati, o‘rta asrlarda yaratilgan falsafiy risolalarni o‘qib va uqib, bu bilimini ham Sharq, ham G‘arb madaniyati yutuqlari bilan boyitgan.Ayni hol jadidlarning falsafiy dunyoqarashini belgilab bergan va bu ta’lim sohasini, umuman olganda, ma’rifatni isloh qilish borasidagi faoliyatida aks etgan.

photo_5368681065729877007_w.png

Mikrokreditbankda tashkil etilgan “Jadidchilik va jadid adabiyoti” mavzusidagi ijodiy uchrashuvda ana shu mavzuda so‘z bordi. Tadbirda Bank Boshqaruv raisi o‘rinbosari Shaxlo Ibragimova va bank xodimlari ishtirok etdi.

photo_5368681065729877000_w.png

photo_5368681065729876993_w.png
Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi katta ilmiy xodimi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Bahrom Irzayev tomonidan jadidchilik harakati, ularning g‘oyalari, maqsadlari, taraqqiyot, ma’rifatga qo‘shgan hissasi haqida fikr yuritildi.

photo_5368681065729876996_w.png

Ta’kidlanishicha, “Tilda, fikrda, ishda birlik” degan ezgu g‘oya bilan maydonga chiqqan jadid bobolarimiz xalqlarimizni jaholat va qoloqlikdan olib chiqish, ularni g‘aflat botqog‘idan qutqarishning asosiy yo‘li – bilim va ma’rifatda, dunyoviy taraqqiyotni egallashda, deb bildilar.
Ular shu yo‘lda fidoyilik ko‘rsatib, yangi usul maktablari, teatr va kutubxonalar, nashriyotlar ochdilar. Jamiyat a’zolarining dunyoqarashi va turmush tarzini o‘zgartirish maqsadida gazeta va jurnallar nashr etdilar. Yoshlarni ilg‘or davlatlarga o‘qishga yubordilar.
Bir so‘z bilan aytganda, ular milliy uyg‘onish, milliy taraqqiyot g‘oyasini ro‘yobga chiqarish uchun bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etganlar. Mikrokreditbank xodimlari mazkur ijodiy uchrashuvda o‘zlariga kerakli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

photo_5368681065729876992_w.png

Bank axborot xizmati