"Mikrokreditbank" va "Biznesni rivojlantirish banki" o‘rtasidagi 3-tur o‘yinida durang natija qayd etildi!
Xabaringiz bor, O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi va “UzCard” tomonidan tijorat banklari o‘rtasida futbol bo‘yicha sport musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda MKBANK jamoasi ham faol ishtirok etmoqda.
Navbatdagi hayajonli o‘yin teng kurashlar bilan boshlanib, 0:0 hisobida yakunlandi. O‘yinda gollar urilmagan bo'lsa-da, ushbu durang natija MKBANK jamoasi uchun yetarli bo‘ldi va bankimiz yigitlari 7 ochko bilan guruh bosqichidan play-offga yo‘l oldi.
Play-offda MKBANK yigitlariga Trastbank jamoasi raqiblik qiladi.
Oldinda bizni yana-da hayajonli o‘yinlar kutmoqda. Jamoamizga omad va yangi g‘alabalar tilaymiz!