Kredit haqida
Kredit maqsadi: O‘zbekiston Respublikasidagi barcha oliy va professional ta'lim tashkilotlarida (O‘zbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy, davlat, nodavlat, oliy va professional ta'lim tashkilotlari hamda ularning filiallarida) (keyingi o‘rinlarda – ta'lim tashkiloti) hamda qo‘shma ta'lim dasturlari bo‘yicha bakalavriat, shuningdek, magistraturaning kunduzgi ta'lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan yoki qabul qilingan, shuningdek, o‘qishini ko‘chirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan talaba xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt asosida tahsil olishi uchun beriladi.
Yillik foiz stavkasi: Foiz to‘lovlari to‘lig‘icha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta'lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
Kreditning asosiy qarzini qaytarish muddati: Ta'lim tashkilotida ta'limning tegishli turi bo‘yicha rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil
Kredit ajratishning eng yuqori miqdori: to‘lov-kontrakt shartnomasida belgilangan summa.
«Ijtimoiy himoya yagona reestri»ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan ta'lim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi. Bu holatda ta'lim krediti "Birgalikda qarz oluvchi" taqdim qilingan holatda ajratiladi.
*Oliy ta'lim tashkilotlarining ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o'zlashtirishning o'rtacha ko'rsatkichi "3" dan past bo'lgan taqdirda to'lov kantrakt summasining ko'pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi. ("Ijtimoiy himoya yagona reestri"ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno).
Kredit olish uchun bank filialiga yoki veb-saytiga murojaat qilishingiz mumkin. Onlayn arizalar kechayu kunduz qabul qilinadi va tezda ko‘rib chiqiladi.
Onlayn ariza shaklini to‘ldiring. Bizning xodim siz bilan bog‘lanib, ro‘yxatdan o‘tish va kredit berish shartlari haqida ma’lumot beradi.
Tariflar va shartlar
Foydalanish shartlari
- ID karta yoki pasport;
- talaba va ta'lim tashkiloti o‘rtasidagi to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt) va unga ilova qilinadigan hisob varaqasi/fakturasi (mavjud bo‘lganda). (shartnoma (kontrakt)da o‘qishni tamomlashning belgilangan muddati va bir yil uchun to‘lov miqdori ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim);
- “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma'lumotnoma (“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan oilalar xotin-qizlari uchun);
- qonunchilikda ko‘rsatilgan boshqa tegishli hujjatlar ham talab qilinishi mumkin.
Ta'lim muassasalarining bakalavriat va magistratura mutaxassisliklarida ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan yoki qabul qilingan talaba xotin-qizlarga ajratiladi.
- uchinchi shaxs kafilligi;
- sug‘urta polislari;
- Qonun hujjatlari doirasidagi boshqa ta’minot turlari.
«Ijtimoiy himoya yagona reestri»ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan ta'lim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi. Bu holatda ta'lim krediti "Birgalikda qarz oluvchi" taqdim qilingan holatda ajratiladi.
Hujjatlar
Format: pdf
Boshqa kreditlar
- Ayirboshlash shoxobchasida
- Bankomatda
- Ilovada
- Chet elga o'tkazma
Valyuta | Sotib olish | Sotish | MB kursi |
---|---|---|---|
USD | 12780 | 12880 | 12837.1 |
EUR | 13000 | 14000 | 13516.18 |
GBP | 15800 | 16800 | 16330.07 |
JPY | 70 | 90 | 85.4 |
CHF | 14000 | 15000 | 14506.84 |
Valyuta | Sotib olish | Sotish | MB kursi |
---|---|---|---|
USD | 12500 | 12880 | 12837.1 |
Valyuta | Sotib olish | Sotish | MB kursi |
---|---|---|---|
USD | 12780 | 12880 | 12837.1 |
Valyuta | Sotib olish | Sotish | MB kursi |
---|---|---|---|
USD | 12780 | 12880 | 12837.1 |