Daromadingizni kutmang — uni har kuni oling!
Pul siz uchun ishlasin!
Har oy barqaror passiv daromad oling — oddiy va ishonchli.



Agarda omonatchi tomonidan qo‘yilgan pul mablag‘larni muddatidan oldin tulig‘icha qaytarib olinganda quyidagi tartibda foizlar xisoblanib to‘lab beriladi:
- 1 oy ichida qaytarib olinsa – yillik 0%
Bank mobil ilovasida yillik 0%);
- 1 oydan 3 oygacha muddat ichida qaytarib olinsa - yillik 13% (Bank mobil ilovasida yillik 14%);
- 3 oydan 6 oygacha muddat ichida qaytarib olinsa - yillik 15% (Bank mobil ilovasida yillik 16%);
- 6 oydan 12 oygacha muddat ichida qaytarib olinsa - yillik 17% (Bank mobil ilovasida yillik 18%);
- 12 oydan 20 oygacha muddat ichida qaytarib olinsa - yillik 19% (Bank mobil ilovasida yillik 20%) to‘lab beriladi.
Avval to‘langan ortiqcha foizlar omonat summasidan chegirib qolinadi.Omonat bo'yicha foiz ko'rinishidagi daromad omonatning turi va shartlariga qarab to'lanadi. Agar omonat shartnomasi shartlarida omonat bo'yicha foizlarni oldindan olish imkoniyati nazarda tutilgan bo'lsa, omonat foizlarini oldindan olish mumkin, aks holda foizlar shartnoma bo'yicha belgilangan tartibda to'lanadi.
Manba: Finlit.uz
Agar Siz omonat mablag'laringizni muddatdan oldin yechib olsangiz, har doim ham omonatingiz bo'yicha hisoblab kelingan foydani saqlab qololmaysiz. Chunki barcha omonat turlari ham bunday shartlarni nazarda tutmaydi. Ushbu imkoniyatni taklif etuvchi omonatlar odatda past foizda bo'ladi. Bundan tashqari, agar shartnomada boshqa shart ko'zda tutilmagan bo'lsa, mablag'larni muddatdan oldin yechib olsangiz to'lmagan oy uchun hisoblangan foizlar kuyadi.
Manba: Finlit.uz
Onlayn shaklida ochilgan omonatlarga bankning mobil ilovasi yordamida istalgan vaqtda qo'shimicha mablag' kiritilishi mumkin. Agar omonat bankka borib ochilgan va shartnoma shartlariga ko'ra uni to'ldirish imkoniyati mavjud bo'lsa, u holda Siz bankka kelib qo'shimcha mablag'larni kiritishingiz mumkin bo'ladi. Ba'zi banklar faqat boshlang'ich 3-6-oylar uchun bunday imkoniyatni taqdim etishi mumkin.
Manba: Finlit.uz
Foizlar kapitalizatsiyasi – bu ma'lum muddatda depozit bo‘yicha hisoblangan foizlar omonatning asosiy summasiga qo‘shilishi va keyingi foizlar yangi hosil bo‘lgan summa bo‘yicha hisoblanishi. Boshqacha so‘z bilan – foizlarga ham foiz to‘lanishi.
Manba: Finlit.uz

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!