"Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash dasturi"doirasida ajratiladigan kreditlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 13.10.2020 yildagi PQ-4862- sonli qarori asosida
Kredit ajratish shartlari |
|
Kreditlar kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlari kurslarini muvaffaqiyatli tamomlab, ularning maxsus sertifikatini olgan yoshlarga ajratiladi |
|
Foiz stavkasi |
17,5% |
Kredit muddati |
Faoliyat yo‘nalishidan kelib chiqib 3 yildan 7 yilgacha |
Kredit miqdori |
Jismoniy shaxslar uchun 33,0 mln.so‘mgacha |
Yuridik shaxslar uchun 300,0 mln.so‘mgacha |
|
Ta’minot shakli |
Jismoniy shaxslar uchun ta’minot talab etilmaydi |
Yuridik shaxslar uchun qonun hujjatlarida belgilangan ta’minot turlari |
|
Kreditni rasmiylashtirish usuli |
Oilakedit.uz patformasi orqali onlayn (maxsus sertifikatga ega yoshlar) |
Imtiyozli davr |
Faoliyat yo‘nalishidan kelib chiqib 6 oydan 3 yilgacha |
Kreditlar yagona elektron onlayn platforma (oilakredit.uz) orqali to‘liq raqamlashgan holda ajratiladi:
1. Kredit olish uchun arizalar barcha bosqichlarda onlayn tarzda (oilakredit.uz) skoring tahlili asosida ko‘rib chiqiladi va har bir bosqichda qabul qilingan qaror to‘g‘risida platforma (SMS-xabarnoma, elektron pochta yoki shaxsiy kabinet) orqali ma’lumot berib boriladi.
2. Kredit mablag‘larini ajratish bo‘yicha hujjatlar (mijoz arizasi, hokim yordamchisi tavsiyasi, kredit shartnomasi, oldi-sotdi shartnomasi, hisobvaraq-faktura va hokim yordamchisi hamda mahalla bankiri tomonidan imzolanib tasdiqlangan dalolatnoma) elektron ko‘rinishda shakllantiriladi va masofadan imzolanadi.
3.Kreditlar platformada yaratilgan “marketpleys” tizimi yordamida kredit oluvchi tomonidan mustaqil tanlangan ta’minotchi bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Kredit yo‘nalishlari:
- Tikuvchilik
- Issiqxona
- Bog‘dorchilik
- Asalarichilik
- Parrandachilik
- O‘zini-o‘zi band qilish (xizmat ko‘rsatish)
- Quyonchilik
- Baliqchilik
- Chorvachilik
- Boshqa sohalar