Xabaringiz bor, bir necha kun avval Mikrokreditbank rebrending tadbiri bo'lib o'tdi. Unda bir qator o'zgarishlar hamda yangiliklar e'lon qilindi.

Ana shu islohotlarni davom ettirish hamda tizimdagi serverlar faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida profilaktik ishlar o'tkazish rejalashtirilgan.

Shu tufayli, joriy yilning 1-sentabr kuni soat 17:00 dan 3-sentabr kuni soat 19:00ga qadar MKBANK tizimidagi Anor, Munis va boshqa chakana to'lov tizimlarining ish faoliyati vaqtincha to'xtatiladi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so’raymiz.