“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Kuzatuv kengashining 2023-yil 6-maydagi 29-sonli majlis bayoniga asosan, bankni yagona bank kodiga o‘tkazish va shu munosabat bilan, uning filiallarini yopish (tugatish) to‘g‘risidagi qarorining 1-bandiga ko‘ra, bankning Angor tumani “Navbahor” MFY at-Termiziy ko’chasi, 5-uyda manzilida joylashgan Angor filiali tugatilib, o‘rnida Angor bank xizmatlari markazi (BXM) tashkil etilayotganligini ma’lum qilamiz.
Angor filiali mijozlariga odatdagi tartibda Angor bank xizmatlari markazi BXM Angor tumani “Navbahor” MFY at-Termiziy ko’chasi, 5-uyda manzilida xizmat ko‘rsatishni davom ettiradi.














