“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Kuzatuv kengashining 2023-yil 6-maydagi 29-sonli majlis bayoniga asosan, bankni yagona bank kodiga o‘tkazish va shu munosabat bilan, uning filiallarini yopish (tugatish) to‘g‘risidagi qarorining 1-bandiga ko‘ra, bankning Beshkent tumani “A.Navoiy” MFY Mustaqillik ko’chasi 15-uy manzilida joylashgan Beshkent filiali tugatilib, o‘rnida Beshkent bank xizmatlari markazi (BXM) tashkil etilayotganligini ma’lum qilamiz.
Beshkent filiali mijozlariga odatdagi tartibda Beshkent bank xizmatlari markazi BXM bankning Beshkent tumani “A.Navoiy” MFY Mustaqillik ko’chasi 15-uy manzilida xizmat ko‘rsatishni davom ettiradi.














