
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Kuzatuv kengashining 2023-yil 6-maydagi 29-sonli majlis bayoniga asosan, bankni yagona bank kodiga o‘tkazish va shu munosabat bilan, uning filiallarini yopish (tugatish) to‘g‘risidagi qarorining 1-bandiga ko‘ra, bankning Bog’ot tumani Urganch ko’chasi 2-uyda manzilida joylashgan Bog’ot filiali tugatilib, o‘rnida Bog’ot bank xizmatlari markazi (BXM) tashkil etilayotganligini ma’lum qilamiz.
Bog’ot filiali mijozlariga odatdagi tartibda Bog’ot bank xizmatlari markazi (BXM) Bog’ot tumani Urganch ko’chasi 2-uy manzilida xizmat ko‘rsatishni davom ettiradi.














