
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Kuzatuv kengashining 2023-yil 6-maydagi 29-sonli majlis bayoniga asosan, bankni yagona bank kodiga o‘tkazish va shu munosabat bilan, uning filiallarini yopish (tugatish) to‘g‘risidagi qarorining 1-bandiga ko‘ra, bankning Boyovut tumani “Uchqo’rg’on” MFY namunali ko’chasida manzilida joylashgan Boyovut filiali tugatilib, o‘rnida Boyovut bank xizmatlari markazi (BXM) tashkil etilayotganligini ma’lum qilamiz.
Boyovut filiali mijozlariga odatdagi tartibda Boyovut bank xizmatlari markazi BXM Boyovut tumani “Uchqo’rg’on” MFY namunali ko’chasida manzilida xizmat ko‘rsatishni davom ettiradi.














