
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Kuzatuv kengashining 2023-yil 6-maydagi 29-sonli majlis bayoniga asosan, bankni yagona bank kodiga o‘tkazish va shu munosabat bilan, uning filiallarini yopish (tugatish) to‘g‘risidagi qarorining 1-bandiga ko‘ra, bankning Bulung’ur tumani “Bulung’ur” MFY Mustaqillik ko’chasi 8-uyda manzilida joylashgan Bulung’ur filiali tugatilib, o‘rnida Bulung’ur bank xizmatlari markazi (BXM) tashkil etilayotganligini ma’lum qilamiz.
Bulung’ur filiali mijozlariga odatdagi tartibda Bulung’ur bank xizmatlari markazi BXM Bulung’ur tumani “Bulung’ur” MFY Mustaqillik ko’chasi 8-uyda manzilida xizmat ko‘rsatishni davom ettiradi.














