“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Kuzatuv kengashining 2023-yil 6-maydagi 29-sonli majlis bayoniga asosan, bankni yagona bank kodiga o‘tkazish va shu munosabat bilan, uning filiallarini yopish (tugatish) to‘g‘risidagi qarorining 1-bandiga ko‘ra, bankning Chiroqchi tumani “Chiroqchi” MFY Mustaqillik ko’chasi 120-uy manzilida joylashgan Chiroqchi filiali tugatilib, o‘rnida Chiroqchi bank xizmatlari markazi (BXM) tashkil etilayotganligini ma’lum qilamiz.
Chiroqchi filiali mijozlariga odatdagi tartibda Chiroqchi bank xizmatlari markazi BXM bankning Chiroqchi tumani “Chiroqchi” MFY Mustaqillik ko’chasi 120-uy manzilida xizmat ko‘rsatishni davom ettiradi.














