“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Kuzatuv kengashining 2023-yil 6-maydagi 29-sonli majlis bayoniga asosan, bankni yagona bank kodiga o‘tkazish va shu munosabat bilan, uning filiallarini yopish (tugatish) to‘g‘risidagi qarorining 1-bandiga ko‘ra, bankning Chust tumani “Do’stlik” MFY Ipak yo‘li ko‘chasi, 1-uyda manzilida joylashgan Chust filiali tugatilib, o‘rnida Chust bank xizmatlari markazi (BXM) tashkil etilayotganligini ma’lum qilamiz.
Chust filiali mijozlariga odatdagi tartibda Chust bank xizmatlari markazi (BXM) Chust tumani “Do’stlik” MFY Ipak yo‘li ko‘chasi, 1-uyda manzilida xizmat ko‘rsatishni davom ettiradi.














