
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Kuzatuv kengashining 2023-yil 6-maydagi 29-sonli majlis bayoniga asosan, bankni yagona bank kodiga o‘tkazish va shu munosabat bilan, uning filiallarini yopish (tugatish) to‘g‘risidagi qarorining 1-bandiga ko‘ra, bankning Ellikqal’a tumani “Navoiy” MFY Sharof Rashidov ko’chasi 8-uyda manzilida joylashgan Ellikqal’a filiali tugatilib, o‘rnida Ellikqal’a bank xizmatlari markazi (BXM) tashkil etilayotganligini ma’lum qilamiz.
Ellikqal’a filiali mijozlariga odatdagi tartibda Ellikqal’a bank xizmatlari markazi BXM bankning Ellikqal’a tumani “Navoiy” MFY Sharof Rashidov ko’chasi 8-uyda manzilida xizmat ko‘rsatishni davom ettiradi.














