“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Kuzatuv kengashining 2023-yil 6-maydagi 29-sonli majlis bayoniga asosan, bankni yagona bank kodiga o‘tkazish va shu munosabat bilan, uning filiallarini yopish (tugatish) to‘g‘risidagi qarorining 1-bandiga ko‘ra, bankning Farg’ona shahri “Yangi Soy” MFY Yuksalish 53-uy manzilida joylashgan Farg’ona filiali tugatilib, o‘rnida Farg’ona bank xizmatlari ofisi (BXO) tashkil etilayotganligini ma’lum qilamiz.
Farg’ona filiali mijozlariga odatdagi tartibda Farg’ona bank xizmatlari ofisi (BXO) bankning Farg’ona shahri “Yangi Soy” MFY Yuksalish 53-uy manzilida xizmat ko‘rsatishni davom ettiradi.














