Farg‘ona viloyati, Uchko‘prik tumanida barpo etilgan Yengil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish, logistika va savdo kompleksi hududida tashkil etilgan “Boboshbek” BXM faoliyati Bank Boshqaruvining tegishli qarori asosida tugatilayapti.

Qayd etib o‘tish joizki, “Boboshbek” BXM (Fargʻona viloyati, Uchkoʻprik tumani, Boboshbek MFY, Navoiy ko‘chasi, 202-uy) logistika va savdo kompleksi hududida joylashganligi, xizmat ko‘rsatish asosan, shu hududagi tadbirkorlar bilan cheklanayotganligi, bundan tashqari, unga yaqin masofada Uchko‘prik filiali faoliyat ko‘rsatayotganligi sababli ushbu BXMni saqlab turish ehtiyoji yo‘qligi namoyon bo‘lmoqda.

Mazkur BXM mijozlari barcha bank operatsiyalarini bevosita Uchko‘prik filialimiz (Fargʻona viloyati, Uchkoʻprik tumani, Navroʻzshoh koʻchasi, 114-uy) orqali amalga oshirishlari mumkin.

Bank Axborot xizmati