“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Kuzatuv kengashining 2023-yil 6-maydagi 29-sonli majlis bayoniga asosan, bankni yagona bank kodiga o‘tkazish va shu munosabat bilan, uning filiallarini yopish (tugatish) to‘g‘risidagi qarorining 1-bandiga ko‘ra, bankning Buxoro viloyati Gʻijduvon tumani, "Pomuza" MFY, B.Nakshband koʻchasi, 23-uy (pochta indeksi 200500) manzilida joylashgan Buxoro viloyati Gʻijduvon filiali tugatilib, o‘rnida Gʻijduvon bank xizmatlari markazi (BXM) tashkil etilayotganligini ma’lum qilamiz.
Gʻijduvon filiali mijozlariga odatdagi tartibda Gʻijduvon bank xizmatlari markazi (BXM) tomonidan Buxoro viloyati Gʻijduvon tumani "Pomuza" MFY, B.Nakshband koʻchasi, 23-uy (pochta indeksi 200500) manzilida xizmat ko‘rsatishni davom ettiradi.