“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Kuzatuv kengashining 2023-yil 6-maydagi 29-sonli majlis bayoniga asosan, bankni yagona bank kodiga o‘tkazish va shu munosabat bilan, uning filiallarini yopish (tugatish) to‘g‘risidagi qarorining 1-bandiga ko‘ra, bankning Jarqo‘rg’on tumani “Nurli Diyor” MFY Boymurodov, 50A-uyda manzilida joylashgan Jarqo‘rg’on filiali tugatilib, o‘rnida Jarqo‘rg’on bank xizmatlari markazi (BXM) tashkil etilayotganligini ma’lum qilamiz.
Jarqo‘rg’on filiali mijozlariga odatdagi tartibda Jarqo‘rg’on bank xizmatlari markazi BXM Jarqo‘rg’on tumani “Nurli Diyor” MFY Boymurodov, 50A-uyda manzilida xizmat ko‘rsatishni davom ettiradi.














