“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Kuzatuv kengashining 2023-yil 6-maydagi 29-sonli majlis bayoniga asosan, bankni yagona bank kodiga o‘tkazish va shu munosabat bilan, uning filiallarini yopish (tugatish) to‘g‘risidagi qarorining 1-bandiga ko‘ra, bankning Karmana tumani “Ziyokor” MFY Karmana ko‘chasi, 28-uyda manzilida joylashgan Karmana filiali tugatilib, o‘rnida Karmana bank xizmatlari markazi (BXM) tashkil etilayotganligini ma’lum qilamiz.
Karmana filiali mijozlariga odatdagi tartibda Karmana bank xizmatlari markazi (BXM) Karmana tumani “Ziyokor” MFY Karmana ko‘chasi, 28-uyda manzilida xizmat ko‘rsatishni davom ettiradi.














