“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Kuzatuv kengashining 2023-yil 6-maydagi 29-sonli majlis bayoniga asosan, bankni yagona bank kodiga o‘tkazish va shu munosabat bilan, uning filiallarini yopish (tugatish) to‘g‘risidagi qarorining 1-bandiga ko‘ra, bankning Kitob tumani “Ali Qushchi” MFY Mustaqillik ko’chasi 552-uy manzilida joylashgan Kitob filiali tugatilib, o‘rnida Kitob bank xizmatlari markazi (BXM) tashkil etilayotganligini ma’lum qilamiz.
Kitob filiali mijozlariga odatdagi tartibda Kitob bank xizmatlari markazi BXM bankning Kitob tumani “Ali Qushchi” MFY Mustaqillik ko’chasi 552-uy manzilida xizmat ko‘rsatishni davom ettiradi.














