
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Kuzatuv kengashining 2023-yil 6-maydagi 29-sonli majlis bayoniga asosan, bankni yagona bank kodiga o‘tkazish va shu munosabat bilan, uning filiallarini yopish (tugatish) to‘g‘risidagi qarorining 1-bandiga ko‘ra, bankning Koson tumani “Rovot” MFY manzilida joylashgan Koson filiali tugatilib, o‘rnida Koson bank xizmatlari markazi (BXM) tashkil etilayotganligini ma’lum qilamiz.
Koson filiali mijozlariga odatdagi tartibda Koson bank xizmatlari markazi BXM bankning Koson tumani “Rovot” MFY manzilida xizmat ko‘rsatishni davom ettiradi.














