“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Kuzatuv kengashining 2023-yil 6-maydagi 29-sonli majlis bayoniga asosan, bankni yagona bank kodiga o‘tkazish va shu munosabat bilan, uning filiallarini yopish (tugatish) to‘g‘risidagi qarorining 1-bandiga ko‘ra, bankning Amudaryo tumani “Gulzor” MFY Qipchoq ko’chasi 136-uyda manzilida joylashgan Mang’it filiali tugatilib, o‘rnida Mang’it bank xizmatlari markazi (BXM) tashkil etilayotganligini ma’lum qilamiz.
Mang’it filiali mijozlariga odatdagi tartibda Mang’it bank xizmatlari markazi BXM bankning Amudaryo tumani “Gulzor” MFY Qipchoq ko’chasi 136-uyda manzilida xizmat ko‘rsatishni davom ettiradi.














