“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Kuzatuv kengashi Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi 2025-yil 26-iyun kuni, soat 17:00 dan boshlab, Toshkent shahri, Amir Temur shox koʻchasi, 4-uy manzilida joylashgan “Mikrokreditbank” ATB majlislar zalida oʻtkazilishini ma’lum qiladi.

Yigʻilish kun tartibi:
1. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi reglamentini tasdiqlash.
2. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash.

“Mikrokreditbank” ATB Kuzatuv kengashining 2025-yil 30-maydagi majlisi qaroriga asosan, Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlar reyestri 2025-yil 20-iyun kuni holatiga hamda Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar qilish uchun aksiyadorlar reyestri 2025-yil 30-may kuni holatiga tuziladi.

Aksiyadorlarni roʻyxatga olish 2025-yil 26-iyun kuni soat 16:00 dan 17:00 gacha davom etadi.

Aksiyadorlar umumiy yigʻilishda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida qatnashadi, yuridik shaxs nomidan berilgan ishonchnoma qonunchilikda belgilangan tartibda, jismoniy shaxs nomidan berilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak.

Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida videokonferens-aloqa tarzida ishtirok etuvchi aksiyadorlarga bu haqda qoʻshimcha ma’lumot beriladi.

Yigʻilish oʻtkazish boʻyicha qoʻshimcha axborot, unda koʻriladigan masalalarning hujjatlari bilan yuqoridagi manzilga va quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilish hamda bankning korporativ veb-sayti (www.mikrokreditbank.uz) orqali tanishish mumkin.

Tel: 998 (71) 202-99-99 (1217, 1218)

Bank Kuzatuv kengashi