HURMATLI AKSIYADORLAR!
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Kuzatuv kengashi aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yigʻilishi 2024-yil 27-iyun kuni, soat 10:00 dan boshlab, Toshkent shahri, Amir Temur shox koʻchasi, 4-uy manzilida joylashgan “Mikrokreditbank” ATB majlislar zalida oʻtkazilishini ma’lum qiladi.
Yigʻilish kun tartibi:
1. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining sanoq komissiyasi tarkibini tasdiqlash.
2. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining 2023-yil yakunlari boʻyicha Aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yigʻilishi reglamentini tasdiqlash.
3. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining 2023-yil faoliyati yakunlari boʻyicha Kuzatuv kengashining hisobotini tasdiqlash.
4. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Boshqaruvining
2023-yil yakunlari boʻyicha va bankni rivojlantirish strategiyasi toʻgʻrisidagi hisobotini hamda Bankning 2024-yildagi ustuvor vazifalarini tasdiqlash.
5. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki faoliyatining 2023-yil yakunlari boʻyicha yillik hisobotini, jumladan, buxgalterlik balansini, foyda va zararlari toʻgʻrisidagi hisobotini hamda auditorlik tashkilotining xulosasini tasdiqlash.
6. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining 2023-yil faoliyati yakuni boʻyicha sof foydasini taqsimlash hamda Bankning aksiyalari bo‘yicha dividendlar to‘lash.
7. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining korporativ boshqaruv tizimini baholash yakunlari boʻyicha mustaqil baholovchi tashkilot xulosasini tasdiqlash.
8. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Boshqaruviga toʻlanadigan haq va ularning eng yuqori miqdorlarini belgilash.
9. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Boshqaruv raisi va uning oʻrinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini (KPIni) belgilash.
10. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Ustaviga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish.
11. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining “Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi toʻgʻrisida”, “Kuzatuv kengashi toʻgʻrisida” va “Boshqaruvi toʻgʻrisida” Nizomlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish.
12. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining kundalik xoʻjalik faoliyatini yuritish jarayonida (joriy xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq) affillangan shaxslar bilan va yirik bitimlarni kelgusida Bank tomonidan mustaqil amalga oshirishi uchun aksiyadorlarning keyingi yillik umumiy yigʻilishigacha boʻlgan davrda tuzilishi mumkin boʻlgan (kutilayotgan) bitimlarni aniqlash va ma’qullash.
“Mikrokreditbank” ATB Kuzatuv kengashining 2024-yil 1-iyundagi majlisi qaroriga asosan, aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlar reestri 2024-yil 21-iyun kuni holatiga hamda umumiy yigʻilish oʻtkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar qilish uchun aksiyadorlar reestri 2024-yil 1-iyun kuni holatiga tuziladi.
Aksiyadorlarni roʻyxatga olish 2024-yil 27-iyun kuni soat 09:00 dan 10:00 gacha davom etadi.
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida qatnashadi, yuridik shaxs nomidan berilgan ishonchnoma qonunchilikda belgilangan tartibda, jismoniy shaxs nomidan berilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida videokonferens-aloqa tarzida ishtirok etuvchi aksiyadorlarga bu haqda qoʻshimcha ma’lumot beriladi.
Yigʻilish oʻtkazish boʻyicha qoʻshimcha axborot, unda koʻriladigan masalalarning hujjatlari bilan yuqoridagi manzilga va quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilish hamda bankning korporativ veb-sayti (www.mikrokreditbank.uz) orqali tanishish mumkin.
Tel: 998 (71) 202-99-99 (1217, 1218)
Bank Kuzatuv kengashi