Bugungi kunda MKBANKning 529 dona bankomati mijozlarimiz va aholiga samarali xizmat ko'rsatib kelmoqda.
Bankomatlar orqali mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lami kengaytirilayotganligi tufayli ularning faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida profilaktik ishlar o'tkazish rejalashtirilgan.
Shu sababli, joriy yilning 19, 20, 21, 22 va 23-iyun kunlarida bankomatlar faoliyati vaqtincha to'xtatiladi.
Plastik kartochkadagi mablag'laringizni bank kassasidan naqd qilib yechib olishingiz mumkin.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so’raymiz.
Bank Axborot xizmati