MKBANK Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi “Sayxunobod” bank xizmatlari markaziga Bosh menejer (buxgalter) lavozimiga tanlov asosida ishga taklif etadi.
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
oliy iqtisodiy maʼlumotli, mutaxassisligi bo‘yicha 2 yil, bank sohasida 3 yillik ish stajiga ega bo‘lishi;
Kompyuter dasturlaridan WORD, EXCEL, POWER POINT hamda IABS dasturiy taʼminotning bank faoliyatiga tegishli moddalaridan foydalanishni bilishi;
Buxgalteriya hisobi va hisobotiga doir qonunchilik hujjatlari va xalqaro standartlar hamda auditning xalqaro standartlari boʻyicha bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishi
Bunda, xalqaro sertifikatlarga ega boʻlishlik afzalik beradi.
Vazifalar:
Buxgalteriya hisobi hisobvaraqalari rejasini tuzish;
Debitor va kreditorlar bilan hisob-kitob qilish;
Yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortish shartlarini bilish;
Mulk va majburiyatlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish tartibi, auditoriya tekshiruvini o‘tkazish tartibini bilish.
Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumeni @hrmkbank_bot yoki HR@mkb.uz manziliga yuboring.