
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Kuzatuv kengashining 2023-yil 6-maydagi 29-sonli majlis bayoniga asosan, bankni yagona bank kodiga o‘tkazish va shu munosabat bilan, uning filiallarini yopish (tugatish) to‘g‘risidagi qarorining 1-bandiga ko‘ra, bankning navoiy shahar “O‘zbekiston” MFY Amir Temur ko‘chasi 48-uyda manzilida joylashgan Navoiy shahar Navoiy filiali tugatilib, o‘rnida Navoiy bank xizmatlari ofisi (BXO) tashkil etilayotganligini ma’lum qilamiz.
Navoiy filiali mijozlariga odatdagi tartibda Navoiy bank xizmatlari ofisi (BXO) tomonidan Navoiy shahar “O‘zbekiston” MFY Amir Temur ko‘chasi 48-uyda manzilida xizmat ko‘rsatishni davom ettiradi.














