
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Kuzatuv kengashining 2023-yil 6-maydagi 29-sonli majlis bayoniga asosan, bankni yagona bank kodiga o‘tkazish va shu munosabat bilan, uning filiallarini yopish (tugatish) to‘g‘risidagi qarorining 1-bandiga ko‘ra, bankning Nukus shahar Qoraqalpog’iston ko‘chasi 6-uyda manzilida joylashgan Nukus shahar Nukus filiali tugatilib, o‘rnida Nukus bank xizmatlari ofisi (BXO) tashkil etilayotganligini ma’lum qilamiz.
Nukus filiali mijozlariga odatdagi tartibda Nukus bank xizmatlari ofisi (BXO) tomonidan Nukus shahar Qoraqalpog’iston ko‘chasi 6-uyda manzilida xizmat ko‘rsatishni davom ettiradi.














