Qashqadaryo filiali o‘rnida Qashqadaryo BXO tashkil etildi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Kuzatuv kengashining 2023-yil 6-maydagi 29-sonli majlis bayoniga asosan, bankni yagona bank kodiga o‘tkazish va shu munosabat bilan, uning filiallarini yopish (tugatish) to‘g‘risidagi qarorining 1-bandiga ko‘ra, bankning Qarshi shahri “Xontepa” MFY Soxibkor 4-uy manzilida joylashgan Qashqadaryo filiali tugatilib, o‘rnida Qashqadaryo bank xizmatlari ofisi (BXO) tashkil etilayotganligini ma’lum qilamiz.
Qashqadaryo filiali mijozlariga odatdagi tartibda Qashqadaryo bank xizmatlari ofisi (BXO) bankning Qarshi shahri “Xontepa” MFY Soxibkor 4-uy manzilida xizmat ko‘rsatishni davom ettiradi.














