“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Kuzatuv kengashining 2023-yil 6-maydagi 29-sonli majlis bayoniga asosan, bankni yagona bank kodiga o‘tkazish va shu munosabat bilan, uning filiallarini yopish (tugatish) to‘g‘risidagi qarorining 1-bandiga ko‘ra, bankning Qo’qon shahri “Misgarlik” MFY Alisher Navoiy 2-uy manzilida joylashgan Qo’qon filiali tugatilib, o‘rnida Qo’qon bank xizmatlari markazi (BXM) tashkil etilayotganligini ma’lum qilamiz.
Qo’qon filiali mijozlariga odatdagi tartibda Qo’qon bank xizmatlari markazi BXM bankning Qo’qon shahri “Misgarlik” MFY Alisher Navoiy 2-uy manzilida xizmat ko‘rsatishni davom ettiradi.














