
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Kuzatuv kengashining 2023-yil 6-maydagi 29-sonli majlis bayoniga asosan, bankni yagona bank kodiga o‘tkazish va shu munosabat bilan, uning filiallarini yopish (tugatish) to‘g‘risidagi qarorining 1-bandiga ko‘ra, bankning Qumqo‘rg’on tumani “Besh qahramon” MFY Markaziy ko‘chasi, 129-uyda manzilida joylashgan Qumqo‘rg’on filiali tugatilib, o‘rnida Qumqo‘rg’on bank xizmatlari markazi (BXM) tashkil etilayotganligini ma’lum qilamiz.
Qumqo‘rg’on filiali mijozlariga odatdagi tartibda Qumqo‘rg’on bank xizmatlari markazi (BXM Qumqo‘rg’on tumani “Besh qahramon” MFY Markaziy ko‘chasi, 129-uyda manzilida xizmat ko‘rsatishni davom ettiradi.














