“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Kuzatuv kengashining 2023-yil 6-maydagi 29-sonli majlis bayoniga asosan, bankni yagona bank kodiga o‘tkazish va shu munosabat bilan, uning filiallarini yopish (tugatish) to‘g‘risidagi qarorining 1-bandiga ko‘ra, bankning Shaxrisabz shahri “Kesh” MFY Ipak yo’li ko’chasi 154-uy manzilida joylashgan Koson filiali tugatilib, o‘rnida Koson bank xizmatlari markazi (BXM) tashkil etilayotganligini ma’lum qilamiz.
Shaxrisabz filiali mijozlariga odatdagi tartibda Shaxrisabz bank xizmatlari markazi BXM bankning Shaxrisabz shahri “Kesh” MFY Ipak yo’li ko’chasi 154-uy manzilida xizmat ko‘rsatishni davom ettiradi.














