“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Kuzatuv kengashining 2023-yil 6-maydagi 29-sonli majlis bayoniga asosan, bankni yagona bank kodiga o‘tkazish va shu munosabat bilan, uning filiallarini yopish (tugatish) to‘g‘risidagi qarorining 1-bandiga ko‘ra, bankning Sherobod tumani “Katta hayot” MFY Mustaqillik ko‘chasi, 68-uyda manzilida joylashgan Sherobod filiali tugatilib, o‘rnida Sherobod bank xizmatlari markazi (BXM) tashkil etilayotganligini ma’lum qilamiz.
Sherobod filiali mijozlariga odatdagi tartibda Sherobod bank xizmatlari markazi (BXM) Sherobod tumani “Katta hayot” MFY Mustaqillik ko‘chasi, 68-uyda manzilida xizmat ko‘rsatishni davom ettiradi.














