
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Kuzatuv kengashining 2023-yil 6-maydagi 29-sonli majlis bayoniga asosan, bankni yagona bank kodiga o‘tkazish va shu munosabat bilan, uning filiallarini yopish (tugatish) to‘g‘risidagi qarorining 1-bandiga ko‘ra, bankning Guliston shahar “Navbahor” MFY Saxovat ko‘chasi 8/1-uyda manzilida joylashgan Guliston shahar Sirdaryo filiali tugatilib, o‘rnida Sirdaryo bank xizmatlari ofisi (BXO) tashkil etilayotganligini ma’lum qilamiz.
Sirdaryo filiali mijozlariga odatdagi tartibda Sirdaryo bank xizmatlari ofisi (BXO) tomonidan Guliston shahar “Navbahor” MFY Saxovat ko‘chasi 8/1-uyda manzilida xizmat ko‘rsatishni davom ettiradi.














