“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Kuzatuv kengashining 2023-yil 6-maydagi 29-sonli majlis bayoniga asosan, bankni yagona bank kodiga o‘tkazish va shu munosabat bilan, uning filiallarini yopish (tugatish) to‘g‘risidagi qarorining 1-bandiga ko‘ra, bankning To’rtko’l tumani “Beruniy” MFY To’rtko’l ko’chasi 14-uyda manzilida joylashgan To’rtko’l filiali tugatilib, o‘rnida To’rtko’l bank xizmatlari markazi (BXM) tashkil etilayotganligini ma’lum qilamiz.
To’rtko’l filiali mijozlariga odatdagi tartibda To’rtko’l bank xizmatlari markazi BXM bankning To’rtko’l tumani “Beruniy” MFY To’rtko’l ko’chasi 14-uyda manzilida xizmat ko‘rsatishni davom ettiradi.














