“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Kuzatuv kengashining 2023-yil 6-maydagi 29-sonli majlis bayoniga asosan, bankni yagona bank kodiga o‘tkazish va shu munosabat bilan, uning filiallarini yopish (tugatish) to‘g‘risidagi qarorining 1-bandiga ko‘ra, bankning Uzun tumani “Yangiro‘zg’or” MFY Yangiro‘zg’or ko‘chasi, 1-uyda manzilida joylashgan Uzun filiali tugatilib, o‘rnida Uzun bank xizmatlari markazi (BXM) tashkil etilayotganligini ma’lum qilamiz.
Uzun filiali mijozlariga odatdagi tartibda Uzun bank xizmatlari markazi (BXM) “Yangiro‘zg’or” MFY Yangiro‘zg’or ko‘chasi, 1-uyda manzilida xizmat ko‘rsatishni davom ettiradi.














