
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Kuzatuv kengashining 2023-yil 6-maydagi 29-sonli majlis bayoniga asosan, bankni yagona bank kodiga o‘tkazish va shu munosabat bilan, uning filiallarini yopish (tugatish) to‘g‘risidagi qarorining 1-bandiga ko‘ra, bankning Xiva shahar K. Devoniy ko‘chasi, 52a-uyda manzilida joylashgan Xiva filiali tugatilib, o‘rnida Xiva bank xizmatlari markazi (BXM) tashkil etilayotganligini ma’lum qilamiz.
Xiva filiali mijozlariga odatdagi tartibda Xiva bank xizmatlari markazi (BXM) Xiva shahar K. Devoniy ko‘chasi, 52a-uyda manzilida xizmat ko‘rsatishni davom ettiradi.














