“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Kuzatuv kengashining 2023-yil 6-maydagi 29-sonli majlis bayoniga asosan, bankni yagona bank kodiga o‘tkazish va shu munosabat bilan, uning filiallarini yopish (tugatish) to‘g‘risidagi qarorining 1-bandiga ko‘ra, bankning Buxoro viloyati Peshku tumani "Chigʻirchi" MFY, Yangibozor koʻchasi, 23-uy (pochta indeksi 201200) manzilida joylashgan Buxoro viloyati Yangibozor filiali tugatilib, o‘rnida Yangibozor bank xizmatlari markazi (BXM) tashkil etilayotganligini ma’lum qilamiz.
Yangibozor filiali mijozlariga odatdagi tartibda Yangibozor bank xizmatlari markazi (BXM) tomonidan Buxoro viloyati Peshku tumani "Chigʻirchi" MFY, Yangibozor koʻchasi, 23-uy (pochta indeksi 201200) manzilida xizmat ko‘rsatishni davom ettiradi.