2021-yil 9-avgust kuni xalqaro nufuzli reyting kompaniyalaridan biri – Fitch Ratings “Mikrokreditbank” ATB kredit reytingini «BB-» darajasida tasdiqlab, uning istiqbolini “Barqaror” deya baholadi.

Bankimiz obroʼsi nafaqat mamlakatimiz ichida, balki xalqaro iqtisodiy doirada ham oshib borayotgani - uning nufuzi tan olinayotganidan dalolatdir!

"Mikrokreditbank" faoliyati va strategiyasi xalqaro darajada yuqori baholanishi va qoʼllab-quvvatlanishi – biz uchun, shubhasiz, muvaffaqiyat choʼqqilaridan biridir!