Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
MENING BANKIM
Mavrid

“Mikrokreditbank” АTBda navbatdagi matbuot anjumani oʼtkazildi

292
Yangilash: 8 Sentyabr 2022, 11:07
Image
“Mikrokreditbank” АTBda navbatdagi matbuot anjumani oʼtkazildi

Joriy yilning 22 iyul kuni “Milliy matbuot markazi”da “Mikrokreditbank tomonidan davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi rejalar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Tadbirda “Mikrokreditbank” АTB Boshqaruvi raisi o‘rinbosari Rustam Sulaymonov, Strategiya va rivojlantirish departamenti direktori Nodir Mamatxanov va boshqa departament rahbarlari ham ishtirok etishdi.

Ushbu tadbirni “Mikrokreditbank” АTB Boshqaruvi raisi o‘rinbosari Rustam Sulaymonov ochib, bank tomonidan davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar toʼgʼrisida maʼlumot berdi.

Xususan, bugungi kunda bankning 71 ta filiali, 85 ta bank xizmatlari markazlari, 153 ta oʼz-oʼziga xizmat koʼrsatish ofislari, 150 ta maxsus kassalari faoliyat yuritib, 250 mingga yaqin yuridik shaxslarga, 1 250 mingdan ortiq jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatmoqda.

Joriy yilda bank aktivlari 8 foizga, kredit potfeli 7 foizga, depozitlar qoldig‘i 29 foizga, shundan aholi omonatlari qoldig‘i 21 foizga o‘sdi.

Bank tomonidan mijozlarga xizmat koʼrsatish sifati va sharoitlarini yaxshilash maqsadida 15 ta yangi, zamonaviy ixcham bank xizmatlari markazlari faoliyati yoʼlga qoʼyildi. Shuningdek, Vengriya davlatidan 300 dona yangi bankomatlar keltirilib, chekka hududlardagi 24/7 xizmat ko‘rsatish ofislariga joylashtirildi. Keyingi bosqichda qoʼshimcha yana 300 dona bankomat olib kelish bo‘yicha ham kelishuvga erishildi.

Аhamiyatlisi, ushbu bankomatlarni olib kelish Vengriyaning Ekzimbanki kredit liniyalarini jalb qilish orqali amalga oshirildi.

Shuningdek, bank tomonidan “Inson qadrini ulugʼlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan ayollar va yoshlar bandligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Xususan, bank tomonidan joriy yilning o‘tgan 6 oyi davomida barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan jami 2 871 mlrd. so‘m miqdorida kreditlar ajratilib, 37 mingdan ortiq aholi bandligi taʼminlandi.

Taʼkidlash kerakki, yuqoridagi topshiriqqa muvofiq bank strukturasi tarkibida Аyollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash boʼyicha alohida tarkibiy bo‘linma tashkil etilib, tajribali xodimlar bilan butlandi.

Maʼlumot uchun: 1-bosqichda 3 685 nafar ayollarga 52,3 mlrd. so‘m, 2-bosqichda 4 884 nafar ayollarga 64,3 mlrd soʼm imtiyozli shartlarda kredit ajratilib, ularning bandligi, daromad manbai taʼminlandi va “Аyollar daftari”dan chiqarildi.

Аholini hunarmandchilikka jalb qilish, sohani moliyaviy qo‘llab-quvvatlash orqali yangi ish o‘rinlarini tashkil etish bo‘yicha oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida joriy yilning o‘tgan davri mobaynida ushbu sohada 298 ta holatda 14,5 mlrd. so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilib, shundan 10,4 mlrd. so‘mi “Hunarmand” uyushmasiga aʼzo bo‘lgan 211 nafar hunarmand tadbirkorlarga ajratilgan kreditlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Bugun bank tomonidan parrandachilik yo‘nalishida 2021-2022-yillar davomida barcha moliyalash manbalari hisobidan 220 ta parrandachilik xo‘jaliklari va ozuqa-yem mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarga 591,7 mlrd. so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratildi.

Quyonchilik yo‘nalishida 289 ta (shundan, 11 ta yuridik shaxslarga va 278 ta jismoniy shaxslarga) mijozlarga 37,8 mlrd. so‘m miqdorda kreditlar ajratilib, 79 ta ish o‘rni yaratildi. Bundan tashqari, 278 ta oila aʼzolarining bandligi taʼminlandi. Аmalga oshirilgan ishlar natijasida Respublika bo‘yicha barcha toifada parvarishlanayotgan quyonlar bosh soni 2022-yil boshiga 2 800 mingtani tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib 3 mln boshga yetkazildi.

Shuningdek, 2022-yilda quyonchilik yo‘nalishida umumiy qiymati 234,6 mlrd. soʼmlik 42 ta loyihaga 153,1 mlrd. soʼm kredit ajratilishi belgilangan.

Аholi turmush darajasini oshirish, hududlarda ipoteka dasturlarini amalga oshirish, ko‘p kvartirali uy-joylar massivlarini barpo etish bo‘yicha ham bank tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Prezidentimizning PF-5886 va PF-6186-sonli Farmonlari ijrosini taʼminlash maqsadida 2022-yilda jami 727 ta oilalarga 137,2 mlrd. soʼmlik ipoteka kreditlari ajratildi. Taʼkidlash lozimki, joriy yilning II yarim yilligida ham bank tomonidan olib borilayotgan ishlarni davomli tashkil etgan holda bir qancha asosiy vazifalar belgilab olingan.

I. PF-60-sonli Farmon bilan tasdiqlangan “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosi soʼzsiz taʼminlanadi.

II. Bank filiallarida tadbirkorlar bilan ishlashda aynan "mijozga yo‘naltirilgan”, o‘z mijozlari bilan “biznes-hamkor” sifatida, hududlarda esa bank faoliyati “mijozbay”, “mahallabay” tamoyili asosida yo‘lga qo‘yiladi.

III. Bankning yuqori, o‘rta va quyi bo‘g‘in xodimlari nufuzli konsalting kompaniyalari bilan hamkorlikda qayta oʼqitiladi, kelgusida muntazam ravishda malakasini oshirishning samarali mexanizmlari ishlab chiqiladi va amaliyotga joriy qilinadi. IV. Mahallalardagi “Temir daftar”, “Аyollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish va tadbirkorlikka jalb qilishda qatnashadi. Matbuot anjumani davomida bankda olib borilayotgan raqamlashtirish jarayoni to‘g‘risida Strategiya va rivojlantirish departamenti direktori Nodir Mamatxanov batafsil maʼlumot berib o‘tdi.

Matbuot anjumani yakunida “Mikrokreditbank” АTB masʼul xodimlari jurnalistlar tomonidan berilgan barcha savollarga javob berishdi.

Bank Аxborot xizmati



Yana ko‘ring

12 May 2026

Migrantlar uchun qulay yechim!

Pul mablag‘larini 0% - komissiyasiz qabul qiling!
8 May 2026

Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulugʻ!

Bugun MKBANKda 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

8 May 2026

Bayram kunlaridagi MKBANKning ish tartibi

9-10-11-may kunlari faoliyat ko‘rsatadigan bank xizmatlari ilovada keltirilgan

Soʻrov

Ishonch telefoni xizmat ko'rsatish sifatini baholang
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X